Markaziy Osiyodagi qaysi davlatlarda korrupsiya eng yuqori darajada?

Markaziy Osiyodagi qaysi davlatlarda korrupsiya eng yuqori darajada?


Sobiq SSSRning barcha respublikalari, garchi kurash olib borilayotgani haqida ma'lum qilsa-da, korrupsiyadan jabr ko‘rmoqda. Bu haqda The Risk Advisory Group tashkiloti o‘zining «Korrupsion chaqiriqlar - 2019» hisobotida ta'kidlaydi.

Hisobot uchta asosiy qismdan iborat: «Korrupsion chaqiriqlar darajasi», «Korrupsiya tahdidi» va «Korrupsiya haqida axborotning yetishmasligi».

Quyida Markaziy Osiyo bo‘yicha sharh keltiriladi:

* yorqin rang bilan korrupsiya darajasi eng kam bo‘lgan davlatlar belgilangan

* to‘q sariq bilan korrupsiya darajasi o‘rtacha bo‘lgan davlatlar belgilangan

* qizil bilan korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar belgilangan.


Qozog‘iston

«Korrupsion chaqiriqlar darajasi» 28 ball
«Korrupsiya tahdidi» 10 ball
«Korrupsiya haqida ma'lumot yo‘qligi» 12 ball

Jami: 50 ball

Qirg‘iziston

«Korrupsion chaqiriqlar darajasi» 29 ball
«Korrupsiya tahdidi» 10 ball
«Korrupsiya haqida ma'lumot yo‘qligi» 13 ball

Jami: 52 ball

Tojikiston

«Korrupsion chaqiriqlar darajasi» 39 ball
«Korrupsiya tahdidi» 13 ball
«Korrupsiya haqida ma'lumot yo‘qligi» 20 ball

Jami: 72 ball

Turkmaniston

«Korrupsion chaqiriqlar darajasi» 51 ball
«Korrupsiya tahdidi» 14 ball
«Korrupsiya haqida ma'lumot yo‘qligi» 31 ball

Jami: 96 ball

Turkmaniston sarmoyadorlar korrupsiya bo‘yicha katta muammolariga duch keladigan davlatdir. Turkmanistondan keyingi o‘rinlarda Liviya va Somali joylashgan. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda ishonchli ma'lumotlarni olish qiyin ekani bildiriladi.

* reyting jadvali
Yuqoridagi uchta jadvalda korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar joylashgan
Pastki jadvallarda korrupsiya darajasi past davlatlar qayd etilgan


O‘zbekiston

«Korrupsion chaqiriqlar darajasi» 38 ball
«Korrupsiya tahdidi» 12 ball
«Korrupsiya haqida ma'lumot yo‘qligi» 20 ball

Jami: 70 ball

Shu tariqa, Markaziy Osiyoda korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlat Turkmaniston sanaladi (96 ball). Undan keyin Tojikiston (72 ball) va O‘zbekiston (70 ball) joy oldi. Oxirgi o‘rinlarda - Qirg‘iziston (52 ball) hamda Qozog‘iston (50 ball).

Hisobotda aytilishicha, Rossiya, Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo mintaqasida korrupsiya uch yo‘nalishda avj olgan: qurilish, bank hamda moliya, neft-gaz sohasida.

Avtoraqamlar berishda korrupsiyani qanday yo‘qotsa bo‘ladi?
loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.