Acer ConceptD kontent yaratuvchilari uchun yangi lineykani ochmoqda (foto)

2019-yil 11-aprelda Nyu-Yorkda Acer global matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Kompaniya bosh ijrochi direktori (CEO) Jeyson Chen jahon jamoatchiligiga 2019-yilning yangi mahsulotlarini taqdim etgan. Kontent yaratuvchilari uchun mahsulotlarning yuqori quvvatli lineykasi — Acer ConceptD yangi brendining taqdimoti dasturning asosini tashkil etdi.


Foto: Acer TravelMate P6

Nyu-Yorkda taqdimoti o‘tkazilgan ConceptD yuqori sifatli mahsulotlarining premial lineykasi grafik dizaynerlar, rejissyorlar, muhandislar, me’morlar, ishlab chiquvchilar va kontentning boshqa yaratuvchilari uchun mo‘ljallangan. Yangi seriya shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, monitorlar va Windows Mixed Reality garniturlarini o‘z ichiga oladi. Acer ConceptD noutbuklari va ShKlari shovqinsiz ishlashi va maksimal mahsuldorlik va jarayonlarning tezligida rangni uzatishning yuqori aniqligi bilan tavsiflanadi.


Foto: Acer Chromebook 714

“Biz ekstremal bosimga ega yuklamalarni ko‘tarishga qodir yuqori mahsuldorlik protsessorlar va grafikasi bo‘lgan kompyuterlarni ishlab chiqdik va ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarishga ijodkorlarni ilhomlantirish uchun ularni tinch, minimallikni ifoda etuvchi dizaynga joylashtirdik”, — deydi Acer Inc. ijrochi direktori Jerri Kao.


Foto: Acer Spin 3

Shuningdek, kompaniya quyidagilarni taqdim etdi:

- 43-dyuymli o‘yin monitori va yangilangan gadjetga ega Predator Orion 5000 professional geymerlar uchun yangi kompyuterlar;

- samarali sovitish va shovqinning past darajasini ta’minlovchi Hyper Drift betakror harakatlanuvchi klaviaturaga ega Predator Helios 700 geymerlar uchun noutbuk;

- Nitro seriyasidagi yangi o‘yin noutbuklari;

- “bulutli” saqlagichlar bilan samarali va xavfsiz ishlash uchun ikki Acer Chromebook premium-modellari;

- tez-tez safarlarda bo‘ladiganlar uchun avtonom ishlashning uzoq davri, yengil va ultranozik dizaynga ega Travel Mate P6 noutbuki;

- keng doiradagi vazifalarni hal qilish uchun Acer Aspire universal noutbuklarining yangilangan seriyasi;

- 360 gradusga buriladigan sharnir, 12 soat avtonom ishlash va stilus yordamida ma’lumotlarni kiritish imkoniyatiga ega yangilangan Spin 3 noutbuk-transformyori.

“Nyu-Yorkda taqdimoti o‘tkazilgan ayrim yangi mahsulotlar  O‘zbekiston bozoriga ham kirib keladi. Sotuvlar 2019-yilning sentabr oyiga rejalashtirilgan. Acer kompaniyasi o‘zbek foydalanuvchilariga qanday modellarni taklif etishi mahalliy bozordagi talabga bog‘liq bo‘ladi”, — xabar berdi Acer Inc. vakili.

Acer yangi modellarining butlanishi, narxlari va yetkazilishi mamlakatlardagi talablarga asoslanib o‘zgarib turadi.


Foto: Aspire 7


Foto: ConceptD Family


Foto: Acer


Foto: Acer


Foto: Nitro 5

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.