Instagram, Facebook va WhatsApp ishida uzilishlar kuzatildi

Instagram, Facebook va WhatsApp ishida uzilishlar kuzatildi


Instagram, Facebook va WhatsApp servislarida uzilishlar sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Downdetector sayti.

Qayd etilishicha, Instagram ishida soat 15.00, Facebook ishida 15.30larda uzilishlar kuzatilgan. Nosozliklar Rossiya, Italiya, Gretsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Malayziya va AQShda qayd etilgan.

WhatsApp ishidagi nosozliklar esa 16.00dan beri Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Shveytsariya, Italiya, Malayziya, Singapur va BAAda kuzatilmoqda.

Foydalanuvchilar servisga ulanish, akkauntga kirish va saytga o‘tishda muammolarga duch kelishmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.