O‘zbekistonning ikkinchi Airbus A320neo  uchog‘i ilk parvozini boshladi

O‘zbekistonning ikkinchi Airbus A320neo  uchog‘i ilk parvozini boshladi


14 aprel kuni Uzbekistan Airwaysʼning ikkinchi yangi samolyoti – Airbus A320neo ilk yo‘lovchi reysi parvozini Kaliningrad shahriga amalga oshirdi.

9 aprel kuni Hamburgdan Toshkentga keltirilgan Airbus A320neo ayni chog‘da Toshkent-Kaliningrad yo‘nalishida parvozni amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 11 mart kuni o‘z parkini Airbus A320neo (New Engine Option – yangi talqindagi dvigatelli) samolyoti bilan to‘ldirgandi. Airbus kompaniyasining A320 oilasiga tegishli ushbu rusumdagi samolyot Milliy aviakompaniya ixtiyoridagi boshqa samolyotlardan iqtisodiy jihatdan samaradorligi va Wi-Fi tizimi o‘rnatilgani bilan ajralib turadi.

Ularning birinchisi 14 mart kuni ilk parvozini Boku shahriga amalga oshirgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.