Britaniyalik qiziqchi insult haqidagi hazilidan so‘ng vafot etdi

Britaniyalik qiziqchi Yan Kognito Bister shahridagi barlardan birida chiqish qilayotgan vaqtda vafot etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.


Foto: Yan Kognitoning Facebook’dagi sahifasidan

“Tasavvur qiling, men insultga uchradim va o‘zimga kelganimda valliy tilida gapirishni boshladim”, — deb hazil qilgan Kognito.

Bir necha daqiqa o‘tgach esa artistning tobi qochib, o‘tirib olgan. Tomoshabinlar uning bu harakatini namoyishning bir qismi deb qabul qilgan.

Keyin esa tez yordam chaqirtirilgan, biroq yetib kelgan tibbiyot xodimlari uning olamdan o‘tganini  qayd etdi.

Time Out versiyasi bo‘yicha 1999-yilda eng yaxshi stendap-komik deb topilgan Kognito 60 yoshida yurak xurujidan vafot etdi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.