Foto: Pokistonda minglab kishilar tizilishib ulkan masjid tasviri va «Islom - bu tinchlik» yozuvini hosil qilishdi 

Foto: Pokistonda minglab kishilar tizilishib ulkan masjid tasviri va «Islom - bu tinchlik» yozuvini hosil qilishdi 


Pokistonning Panjob viloyatidagi Jang shahrida minglab mahalliy kishilar tizilishib ulkan masjid tasviri va «Islom — bu tinchlik» yozuvini hosil qilishdi. Ular buni yashil maydonda oppoq yaktak va do‘ppilarda amalga oshirishdi. AFP agentligi mazkur aksiya tasvirlangan fotosuratni taqdim etdi.

Foto: AFP

«Bu juda ajoyib bo‘ldi, biz kun bo‘yi shunday turishga tayyor edik», — dedi aksiya ishtirokchilaridan biri.

Masjid tasviri yuqorisiga Yangi Zelandiya va Pokistonning ulkan bayroqlari joylashtirildi.

Xabarda aytilishicha, aksiya Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida sodir etilgan terakt qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Mazkur fojiada 50 kishi halok bo‘lgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.