Huawei Qozog‘istonda yangi P30 smartfonlarining taqdimotini o‘tkazdi

Huawei 4-aprel kuni Olmaotada Huawei P30 smartfonlar seriyasining taqdimotini o‘tkazdi. Huawei P30 telefonlari kompaniyaning asosiy kamerafonlariga aylanib, innovatsion spektral sensor, superzum obyektiv, yangi ToF-kamera (Time of Flight) hamda OIS va AiS tasvirlarni stabilizatsiyasini ta’minlaydigan texnologiyaga ega bo‘lgani uchun smartfonlarni professional kameralar bilan raqobat qilishi taxmin qilinmoqda.


Foto: Huawei

Suratga olishda professionallikning yangi darajasi haqida

Huawei P30 smartfonlari mobil rasm haqidagi tasavvurlaringizni o‘zgartirib yuboradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei P30 Pro smartfoni DxOMark reytingida eng yuqori qo‘rsatgich – 112 ballni qayd qilgan. Ushbu smartfonlar to‘rt kamerali yangi Leica moduli bilan jihozlangan bo‘lib, Huawei spektral sensoriga ega 40 megapikselli asosiy kamera, 20 megapikselli ultra keng burchakli obyektiv, 8 megapikselli telefoto-obyektiv, shuningdek ToF-kamerani o‘z ichiga olgan.

Smartfonlarga selfi suratga olish uchun 32 megapikselli old kamera o‘rnatilagan.

Yangi kamerafonlarning 1/1.7-dyuymli spektral sensori yorug‘likni butunlay boshqacha qabul qiladi. Sensorning RYYB rang filtri an’anaviy RGBB filtrdan farq qiladi, chunki yangi RYYB rang filterida yashil piksellar sariq piksellarga almashtirilgan. Kameralarning yorug‘lik kuchi quvvatli obyektivlari (f/1.6) va Huawei AiS+OIS Huawei P30 Pro muvozanatlash tizimi bilan uyg‘unlikda sensor texnologiyasi suratga olishda tub o‘zgarishlarni boshlab beradi.


Foto: Huawei

Periskopik tuzilishga ega bo‘lgan superzum obyektiv yuqori sifatda 5 karrali optik kattalashtirish imkoniga ega. Sensor ham 10 karrali gibrid zum va 50 karra kattalashtiradigan raqamli zumga ega. Prizmatik optik element yorug‘likni 90 darajaga “sindirib”, maksimal fokuslash tizimi bilan ta’minlangan.


Foto: Huawei

Huawei AI HDR+ funksiyasi orqali old va asosiy kameralarda suratlar seriyasini to‘siq va chuqur soyalarsiz kerakli ekspozitsiyalar bilan bitta yakuniy suratga birlashtirish mumkin. Portret rejimi yuz atrofidagi sochning ingichka kokillari kabi eng mayda detallarni ham saqlash xususiyatiga ega.


Foto: Huawei

Kompaniya yangi smartfonlarini imkoniyatlari cheksiz deb e’tirof etilmoqda

Huawei P30 va P30 Pro modellarida quvvati hamda ish samaradorligi bo‘yicha ustunlikni ta’minlovchi bir qator ilg‘or funksiyalarga ega. Smartfonlarda Huawei Kirin 980 prosessoridan foydalanilgan. Bu esa yuqori ish samaradorligi va energiya tejashga yordam beradi.


Foto: Huawei

Ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei smartfonlari O‘zbekiston bozoriga may oyining boshida chiqariladi.

Huawei P30 - 700 AQSh dollari hamda Huawei P30 Pro – 990 AQSh dollari bahosida sotilishi rejalashtirilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.