Isroil koinot qurilmasi Oyga qo‘nish chog‘ida halokatga uchradi

Isroilning SpaceIl kompaniyasiga tegishli “Bereshit” koinot zondi Oyga qo‘nish chog‘ida halokatga uchradi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.



Foto: Yahoo

Qo‘nish jarayonida qurilmaning asosiy dvigateli ishdan chiqdi, shundan so‘ng u Oy sathiga quladi.

“Bereshit” Oyga qo‘ndirish uchun mo‘ljallangan va xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan tarixdagi ilk apparat edi.



Foto: AFP

Ma’lumot uchun, shu paytga qadar Oy yuzasiga faqat SSSR, AQSh va Xitoy o‘z koinot qurilmalarini muvaffaqiyatli qo‘ndirgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.