Sudan mudofaa vaziri mamlakatning vaqtinchalik rahbari bo‘ldi

Sudan mudofaa vaziri mamlakatning vaqtinchalik rahbari bo‘ldi


Sudan mudofaa vaziri Avaz ibn Auf qasamyod keltirib, mamlakatning vaqtinchalik rahbariga aylandi. U o‘tish davri harbiy kengashi raisi lavozimini egalladi.

Ta'kidlanishicha, ushbu kengash Sudanda vaziyat barqarorlashmaguncha mamlakatni boshqaradi. Bunga esa harbiylarning fikricha 2 yil vaqt talab qilinishi mumkin.

Hozirda Sudanda komendantlik soati amal qilmoqda, yo‘llar harbiylar tomonidan nazorat qilinmoqda. Mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar 12 aprelda BMT Xavfsizlik kengashida muhokama qilinadi.

11 aprelda Sudanda harbiy to‘ntaruv sodir etildi. Armiya prezident Umar al-Bashir va hukumatni hokimiyatdan chetlatdi. Mamlakatda o‘tish davri harbiy kengashi tashkil etilib, al-Bashir “xavfsiz joyga” jo‘natilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.