AQShlik erkak oila qurgach bosh ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasidan voz kechdi

Asli Rossiyaning Vladimir shahridan bo‘lgan hamda hozirda AQShda yashovchi Valeriy Spiridonov kam uchraydigan kasallik — bel mushagi atrofiyasidan aziyat chekadi, deb hikoya qiladi “Zakon.kz”.



Foto: “TASS”

Ushbu kasallik Verdnig-Goffman nomi bilan ham ataladi.

Kasallik insonlarni yurish qobiliyatidan mahrum etadi, unga chalinganlar aksar hollarda voyaga yetmay vafot etadi. 33 yoshli Valeriy Spiridonov shu yoshgacha yashagan juda kam insonlardan biridir.

Yaqinda Valeriy Good Morning Britain ko‘rsatuvida chiqish qilib, nima sababdan bosh ko‘chirib o‘tkazish amaliyotidan voz kechgani haqida gapirdi.

2015-yilda Valeriy Spiridonov bosh ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti qo‘llanadigan ilk mijoz bo‘lishga qaror qilgandi.

Bu revolyutsion loyiha “Osmon” deb nomlangan edi. Italiyalik neyrojarroh Serjio Kanavero insonda bosh ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini sinab ko‘rishni orzu qilardi.

U maymunlarda tajriba o‘tkazgan va ko‘chirib o‘tkazilgan bosh nerv tolalariga va boshqa a’zolarga signal berishda davom etayotganiga amin bo‘lgan edi.

Kanavero Spiridonov bilan 2016-yilda gaplashgan, biroq o‘shanda Valeriyda operatsiya uchun talab etiladigan summa yo‘q edi. Shuning uchun operatsiya bir yilga kechiktirilgandi.

Valeriy Spiridonov o‘z intervyusida shaxsiy hayotda baxtli ekanligi uchun operatsiyadan voz kechgani haqida aytib o‘tdi.

2015-yilda Spiridonov o‘zining bo‘lajak rafiqasi bilan tanishdi. Avvaliga juftlik faqat ish doirasida muloqot qilgan, vaqt o‘tib ularning munosabatlari jiddiylasha boshlagan. 2018-yilda juftlik nikohdan o‘tdi, hozirgi kunda esa oilada sog‘lom farzand voyaga yetmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.