Niderlandiyalik olimlar ilk bor qora tuynukni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi (foto)

Yevropalik olimlar birinchi marta qora tuynuk tasvirini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar berdi.


Foto: BBC News

Ushbu qora tuynukkacha bo‘lgan masofa taxminan 50 million yorug‘lik yili yoki qariyb 500 trillion kilometrni tashkil etadi. Uni suratga olish uchun u turli qit’alarda joylashgan sakkizta teleskopning tarmog‘i kerak bo‘lgan.


Foto: BBC News

“Biz suratda ko‘rib turgan narsa Quyosh tizimidan ancha katta. Qora tuynuk og‘irligi quyoshnikidan 6,5 million barobar og‘ir”, — deydi Niderlandiyadagi Neymgen universiteti professori  Xeyno Falke.


Foto: BBC News

“Bu mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta qora tuynuklardan biri. Haqiqiy mahluq, super og‘ir vazndagi koinot chempioni”, — deydi professor.


Foto: BBC News

Bu butun ilm-fan olami uchun juda muhim yangilik.  U bir vaqtning o‘zida oltita shaharda — Bryusselda, Vashingtonda, Santyago-de-Chili, Taybee, Tokio va Shanxayda to‘rt tilda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga e’lon qilingan.


Foto: BBC News

Bugungi kunga qadar qora tuynuk haqidagi barcha tasavvurlar faqat nazariy edi. Ularning mavjudligi juda ishonarli bo‘lsa ham, faqat ilmiy gipoteza edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.