Apple'ning birinchi telefoni videosi tarqaldi

Apple'ning birinchi telefoni videosi tarqaldi


Bloger Sonni Dikson Apple'ning birinchi telefoni – "W.A.L.T." aks etgan video bilan bo‘lishdi.

Telefon modelining to‘liq nomi - Wizzy Active Lifestyle Telephone. Qurilma 1993 yilda ishlab chiqarilgan va kompyuter hamda statsionar telefon simbiozi hisoblanadi.

Videoga ko‘ra, "W.A.L.T." qo‘lda yozuv kiritish, elektron bankingdan foydalanish va hududlar xaritasini ko‘zdan kechirish imkonini bergan. Model oq-qora ekran bilan ta'minlangan. "W.A.L.T."ning seriyali ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilmagan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.