Everestning balandligi borasidagi bahslarga chek qo‘yish maqsadida unga ekspeditsiya jo‘natiladi

Everestning balandligi borasidagi bahslarga chek qo‘yish maqsadida unga ekspeditsiya jo‘natiladi


Nepal hukumati Everestga tog‘ning aniq balandligini o‘lchash va bu masaladagi bahslarga chek qo‘yish uchun alpinistlar jamoasini yuboradi.

Ta'kidlanishicha, ushbu maqsadda 4 alpinist 10 aprelda tog‘ga ko‘tarila boshlaydi. Ekspeditsiyaga tayyorgarlik 2017 yildan beri olib borilgan.

Dunyoning eng baland cho‘qqisi hisoblangan Everestning balandligi 8848 metrni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich 1954 yilda alpinistlar ekspeditsiya tomonidan qayd qilingan. Biroq ba'zi olimlar 2015 yildagi kuchli zilziladan keyin tog‘ birmuncha cho‘kkan, deb hisoblaydilar.

“Zilziladan keyin Everestning balandligi borasida savollar yuzaga kelgani sababli unga jamoamizni jo‘natamiz”, deb aytgan ekspeditsiya koordinatori Sushil Dangol.

Uning aytishicha, ekspeditsiya a'zolarida balandlikni aniq o‘lchash uchun zamonaviy uskunalar bor.

“Bu hududda ishlash oson bo‘lmaydi, biroq missiya muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonchimiz komil”, deb qo‘shimcha qilgan Dangol.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.