AQShda Poroshenkoning Zelenskiyga nisbatan ustun jihatlari ma'lum qilindi 

AQShda Poroshenkoning Zelenskiyga nisbatan ustun jihatlari ma'lum qilindi 


AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kurt Volker Ukrainadagi prezident saylovlarining 2-bosqichiga chiqqan Vladimir Zelenskiy va Pyotr Poroshenkoni taqqosladi.

Volker Zelenskiyni o‘z kampaniyasini yuqori doiralarga qarshi kurash negizida kurgan nomzod sifatida ta'riflagan.

Volkerning aytishicha, amaldagi prezident Poroshenko “ko‘p mehnat qilgan”, “ko‘p narsaga erishgan” va “yana ko‘p ish qilishi” kerak.

“Endi Ukraina jamiyati tanlov oldida turibdi – ular katta ko‘lamli islohotlarni va'da qilib, yuqori doiralarga qarshi borayotgan biror kimni istayaptimi? Yoki ularni ba'zi jihatlarda hafsalalarini pir qilgan, biroq islohotlar borasida Ukrainada oxirgi 20 yilda boshqalardan ko‘proq ish qilgan biror kimni istayaptimi?”, deb aytgan Volker PBS telekompaniyasiga bergan intervyuda.

Boshlovchi Volkerdan “Poroshenkoni nazarda tutyapsizmi?” deb so‘raganda, tasdiq javobini bergan.

“Haqiqatan demokratik saylovlar o‘tayotgani ajoyibdir. Biz natija qanday bo‘lishini bilamiz”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh vakili.

Ukraina prezidenti saylovlarining 2-bosqichi 21 aprelga belgilangan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.