Sirdaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelgan Anvar Karimovich Rasulov Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri xabar berdi.

Anvar Rasulov 1977-yilda Boyovut tumanida tug‘ilgan.

U bir necha yil mobaynida Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ham ishlagan.

Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Murodilla Yoqubovich Eshmatov «Xalq banki» respublika boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

U 2016-yil dekabr oyidan buyon viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.