«Shum bola» filmi rejissyori Damir Salimov olamdan o‘tdi

«Shum bola» filmi rejissyori Damir Salimov olamdan o‘tdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, taniqli kinorejissyor va operator Damir Salimov vafot etdi. Bu haqda «O‘zbekkino» xabar berdi.

O‘zbek milliy kinosi darg‘alaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, “Shum bola”, “Leningradliklar-jigarbandlarim mening”, “Tog‘lar chorlaydi” kabi mashhur filmlar va bir qator multfilmlar ijodkori, kinorejissyor va operator Damir Ismoilovich Salimov 28 mart kuni 81 yoshida olamdan o‘tgan.

Damir Salimov 1937 yil 19 iyulida Samarqandda tug‘ilgan. Moskvadagi Butunittifoq davlat kinematografiya instituti (VGIK)da o‘qigan.

1981 yili D. Salimovga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi unvoni, 1983 yilda Hamza nomidagi Davlat mukofoti berilgan.

Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.