Qozog‘iston prezidenti o‘zining ilk xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshiradi

Qozog‘iston prezidenti o‘zining ilk xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshiradi


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 3 aprel kuni ilk xorijiy tashrif bilan Rossiyaga keladi. Bu haqda respublika prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

"3 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketadi. Davlat rahbari tashrif dasturining asosiy maqsadi RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishdan iborat", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari uchrashuvi kun tartibidan "ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik hamda mintaqaviy va xalqaro mavzular masalalari" o‘rin olgan.

Matbuot xizmatining bildirishicha, "tashrif yakuniga ko‘ra qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan".

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19 mart kuni iste'foga chiqdi. Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini parlament senati spikeri Qosim-Jomart Toqayev bajarib turadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.