MIB xodimiga 30 mln so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

MIB xodimiga 30 mln so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Yangiobod qishlog‘ida joylashgan fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi T.M. xo‘jalikka tegishli bo‘lgan 7,5 gektar yer maydonga ega baliq ko‘liga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda elektr tarmog‘iga ulab foydalanib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qayta hisob kitob natijasida davlat manfaatlariga 88 mln. so‘mlik moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng fuqaro T.M. aniqlangan moddiy zarar miqdorini kamaytirish hamda jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida Byuroning Yozyovon tuman bo‘limi xodimlari O.O‘rmonov va Sh.Mamajonovga 30,0 mln. so‘m miqdorda pora taklif qilib, shundan avans tariqasida 20,0 mln. so‘mini berishligini ma'lum qilgan.

Byuroning viloyat boshqarmasi hamda tuman prokuraturasi xodimlari o‘zaro hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T.M. tuman markazidagi oshxonalardan birida MIB xodimiga 900 AQSh dollari va 500,0 ming so‘m miqdordagi pullarni byuro xodimlariga pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.