AQSh qit’alararo raketani urib tushirdi (video)

25-mart kuni Kaliforniya qirg‘oqlarida AQSh Raketaga qarshi mudofaa bo‘limi harbiylari raketa uruvchini ishga solib, Marshall orollaridan AQSh tomon uchgan qit’alararo ballistik raketaga Tinch okeani ustida zarba berdi. Bu haqda “Liga Novosti” xabar berdi.


Foto: “Liga Novosti”

Xabarda aytilishicha, shu yo‘l bilan harbiy mashq amalga oshirilgan.

AQShning Vandenberg Harbiy havo kuchlari bazasidan bir necha soniya farq bilan ikkita raketa uruvchi uchirilgan. Ulardan biri raketaga zarba bergan, ikkinchisi esa uning yirik qoldig‘ini yo‘q qilgan.

AQSh Mudofaa vazirligi bunday harbiy mashqlarni muntazam ravishda o‘tkazadi.


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.