190 million so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh qilindi

190 million so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh qilindi


Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tilla va zargarlik buyumlarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib chiqishga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda. Xususan, «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida bir necha bojxona qoidabuzarliklari o‘z vaqtida aniqlanib, qonunbuzarlarga nisabatan kerakli choralar ko‘rildi.

Jumladan, O‘zbekistondan qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan fuqaro D.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi. Natijada, u xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, jami og‘irligi 211 gramm bo‘lgan 63,3 million so‘mlik sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini qo‘shni davlatga yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

Aynan shu kunning o‘zidayoq, fuqaro M.M.ning ham kirdikori fosh bo‘ldi. U xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, jami og‘irligi 206 gramm sariq metalldan yasalgan, qiymati 61,8 million so‘mlik turli-tuman zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tayotgani aniqlandi.

T.D.ning «nayrangi» ham «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlandi. Yo‘lovchi xolislar ishtirokida belgilangan tartibdagi shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, jami og‘irligi 213 gramm sariq metalldan yasalgan, qiymati 63,9 million so‘mlik zargarlik buyumlarini yuklari orasida yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishi naf bermadi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.