Toshkent viloyatida Nexia zovurga ag‘darildi, bir kishi halok bo‘ldi

Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi D.T. 22-mart kuni “Yangibozor—Istiqlol” yo‘lida Nexia haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi zovurga ag‘darilgan.



Foto: “Xabar.uz”

Natijada avtomashina yo‘lovchisi S.A. voqea joyida vafot etgan hamda haydovchi va yana 2 nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

“Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.