Italiyada avtobusning yoqib yuborilishi: Qahramon bolaga fuqarolik berilishi mumkin

Italiyadagi “5 yulduz” harakati yetakchisi Luiji Di Mayoning ma’lum qilishicha, mamlakat hukumati politsiyaga o‘zi va sinfdoshlari avtobus haydovchisi tomonidan o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan 13 yoshli bolaga fuqarolik berishi kerak, deb yozadi “Liga Novosti”.



Foto: EPA

Di Mayoning aytishicha, Rami Shexata sinfdoshlarini qutqarish uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan, buning uchun u mamlakat bosh vaziridan Ramiga alohida xizmatlari uchun fuqarolik berishni so‘raydi.

Bolaning oilasi Italiyaga Misrdan ko‘chib kelgan. Rami 2005-yilda Italiyada Italiyada tug‘ilgan, biroq u haligacha tug‘ilganlik haqidagi rasmiy hujjatlarga ega emas.

21-mart kuni avtobus haydovchisi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Milandagi maktab o‘quvchilari 13 yoshli sinfdoshlari Rami Shexta tufayli omon qolganini ma’lum qilgan.

Rami telefonini yashirib qo‘ygan va yuz berayotgan hodisa haqida ota-onasi va politsiyaga xabar bergan.

Mavzuga doir: Italiyada senegallik haydovchi ichida 51 nafar bola bo‘lgan maktab avtobusini yoqib yubordi

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.