Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi sanasi ma'lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi sanasi ma'lum bo‘ldi


Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi sanasi ma'lum bo‘ldi.

Jang 2019 yil 7 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Raqibning nomi hozircha noma'lum.

«7 sentabr - aynan shu kuni Habib Nurmagomedov o‘zining keyingi jangini o‘tkazadi», - deb yozgan jurnalist Azamat Bo‘stonov instagramda.

Hozirgi vaqtda aralash yo‘nalish bo‘yicha rossiyalik jangchi UFC 229 musobaqasidan keyingi tartibsizlik uchun to‘qqiz oylik diskvalifikatsiya muddatini o‘tamoqda.

Bundan oldin, UFC rahbari Dana Uayt Konor Makgregor faqat Habib bilan jang qilmoqchi ekanini aytgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.