Farg‘ona viloyati soliq organlarida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi, soliq majburiyatlarining hisobini yuritish bo‘limi boshlig‘i Shukrulloxon Nisbatxonov shu boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmatiga asoslanib, «O‘zA» xabar berdi.

Sh. Nisbatxonov 1969-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1988-yili Marg‘ilon reja-iqtisod texnikumini, 1997 -yilda esa Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Xoliqov Bahodir Rahmatullayevich esa Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bahodir Xoliqov esa Quvasoy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Shuningdek, Polvonov Nazarjon Jumanazarovich Quvasoy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Beshariq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Abdullayev Qobuljon Abdujambulovich Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Oxunov Avazbek O‘rmonovich esa Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan.

Kuni kecha Farg‘ona viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.