Taniqli amerikalik jaz qo‘shiqchisi Islomni qabul qildi

Maykl Jekson va Uitni Xyuston bilan hamkorlik qilgan amerikalik qo‘shiqchi Della Maylz konsertlar bilan Istanbulga tashrifi chog‘ida Islomni qabul qildi, deya xabar bermoqda “Islam Today” nashri.



Della Maylz
Foto: “Islam Today”

U bir yil davomida Islomni o‘rganib kelgan. Uning aytishicha, musulmonlikni qabul qilishiga Yangi Zelandiyadagi terakt turki bergan.

“Ko‘p mamlakatlarda islomofobiya o‘lat misoli tarqalyapti. Bunga misol – Yangi Zelandiyadagi terakt. Tomirlardagi qon qotib qoldi, yurak parcha-parcha bo‘ldi... Bunday narsalar sabrli bo‘lishni, mehr-shafqatning yo‘qligidan yuz beradi, Islom dini esa bunday narsalarning aksi. Payg‘ambar Muhammad alayhissalomning yonida uxlab qolgan mushuk voqeasini eslang. Payg‘ambar mushukni bezovta qilmaslik uchun kiyimining bir qismini kesib tashlaganlar. Men nihoyat Islomga kirishga qaror qilganimdan juda baxtliman. Bu – Yaratganning bebaho sovg‘asi”, – dedi Della.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.