Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi


Toshkent shahridagi “Humo Arena” muz saroyida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etyapti.

“Biz o‘z oldimizga ulkan marralarni qo‘ydik va ularni xalqimiz bilan birga albatta amalga oshiramiz. Navro‘z kuni yomg‘ir yog‘sa, yilimiz ham biz niyat qilgandek, qutlug‘ va mo‘l hosilli bo‘ladi. Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!” - dedi davlat rahbari.

Ma'lumot uchun: tadbirda ishtirok etish uchun hukumat a'zolari, respublika faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talabalar taklif etilgan.

Ayni damda tantanali tadbir konsert dasturi bilan davom etyapti.


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.