Osmondagi sirli “tuynuk” arabistonliklarni cho‘chitdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahri aholisi ajoyib atmosfera hodisasining guvohi bo‘lgan, deb yozadi “Sputnik”.



Foto: NASA

Guvohlardan birining Twitter᾽da joylashtirgan videosida harakat qilmaydigan halqa aks ettirilgan. Uning rangi atrofdagi bulutlarga qaraganda qoramtirroq. “Teshik bulut”, — deya yozgan video muallifi.

Ushbu video qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Ba’zilar bu hodisa atrof-muhitning salbiy o‘zgarishi ekanligini qayd etgan. Boshqalar esa Yerga o‘zga sayyoraliklar tashrif buyurgan, deya taxmin qilgan.

Keyinchalik izohlarda bu kabi “tuynuklar” samolyot bulutlar orasidan uchib o‘tganda haroratning bir-biridan farq qilishi sababli paydo bo‘lishi mumkinligini tushuntirishdi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.