Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qilishdi

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qilishdi


19 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z prezidentlik vakolatlarini topshirgan Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Ikki davlat rahbarlari bir birlarini iliq qarshi olishgan va barcha jabhalarda muvaffaqiyat va sermahsullik bilan rivojlanib borayotgan o‘zbek-qozoq munosabatlarining ayricha, do‘stona xarakterda ekanligiga urg‘u berishgan.

Mirziyoyev birodar Qozog‘istonning birinchi prezidentining ikki davlat xalqlari do‘stligiga mustahkam poydevor o‘rnatilishidagi hissasini mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tgan.

Suhbat asnosida Nazarboyev rahbarligi ostida zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega davlat barpo etilgani, ko‘pmillatli va ko‘pdinli mamlakat ichida tinchlik barqarorlik ta'minlangani e'tirof etilgan.

Ikki davlat yetakchilari davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik munosabatlari muvaffaqiyat bilan davom ettirilishi va yanada mustahkamlanishiga qat'iy ishonch bildirishgan.

Mirziyoyev sidqidildan Nazarboyevga mustahkam sog‘liq, bardamlik va Qozog‘iston xalqiga kelgusida xizmat qilishda tuganmas kuch-quvvat tilab, do‘stona munosabatlar davom ettirilishiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 mart kuni Nazarboyev respublika telekanallari efirida Qozog‘iston xalqiga maxsus murojaat bilan chiqish qila turib, o‘z vakolatlarini topshirishini e'lon qildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.