Samarqandda uch avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

16-mart kuni Samarqand shahrining Panjikent ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.



Foto: Telegram

Ma’lum bo‘lishicha, Nexia rusumli taksi mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siq ustidan o‘tib ketgan va qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan oq Nexia’ga urilgan.



Foto: Telegram

Oq Nexia’ning ortidan esa Spark rusumli taksi mashinasi kelib urilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, oq Nexia rulida bo‘lgan fuqaro (u shifokor bo‘lib ishlagani aytilmoqda) voqea joyida halok bo‘lgan.



Foto: Telegram

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.