Yangi Zelandiyaning yuqori martabali politsiyachisi teraktdan so‘ng ko‘z yoshini yashirmadi

Yangi Zelandiyaning yuqori martabali politsiyachisi teraktdan so‘ng ko‘z yoshini yashirmadi


75 yoshli Yangi Zelandiya politsiyasining yuqori martabali xodimi Noila Hassan Kraystcherchda yuz bergan terakt oqibatida halok bo‘lgan musulmonlarni xotirlab, ko‘z yoshlarini yashirmadi. 2018 yilda o‘zining musulmon ekanini ommaviy e'lon qilgan politsiyachi Oklend shahri markazidagi maydonda yig‘ilgan olomon qarshisida “musulmon va Yangi Zelandiya politsiyasi yetakchilaridan biri” ekanligidan faxrlanishi yana bir marta takrorladi.

15 mart kuni bir guruh terrorchilar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida sodir etilgan teraktda 4 nafar qurollangan shaxs masjid ichiga kirib, u yerdagi odamlarga qarata o‘q uzgan. Oqibatda 50 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, "An-Nur" va "Linvud" masjidlarida juma namozidan so‘ng, namozxonlarning o‘qqa tutilishi oqibatida 49 kishi yaralangan.

Voqeadan ikki kun o‘tib, musulmon politsiyachi Noila Hassan omma oldida nutq irod etdi. U so‘zlarini Allohga hamd, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga sanolar aytish bilan boshlagan.


"Men jamoatimizning tinchligi va xavfsizligini ta'minlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solishimizni bildirmoqchiman. Bilaman, bu musulmon jamoati uchun og‘ir, ayni paytda barcha uchun qayg‘uli payt", - deydi u.

Hassanning ta'kidlashicha, masjidlar atrofida nozirlar soni ko‘paytirilgan. Undan so‘ng nutq qilgan mahalliy musulmonlar jamoati yetakchisi politsiya tomonidan ko‘rsatilayotgan e'tibor uchun minnatdorchilik bildirgan.

Bu voqeaga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ham munosabat bildirib, 17 mart kuni mamlakatning barcha masjidlarida teraktda halok bo‘lgan haqqiga Qur'on karim tilovati va duolar qilishni tavsiya etgan.

"Butun dunyo mo‘min-musulmonlari, ulamolari, din va davlat arboblari ushbu uyushtirilgan terrorchilik oqibatida halok bo‘lganlarning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildirmoqda”, – deyiladi muftiyning murojaatida.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.