«Ikki juft ko‘chat tuhfasi» aksiyasida harbiylar tomonidan minglab ko‘chat ekildi

«Ikki juft ko‘chat tuhfasi» aksiyasida harbiylar tomonidan minglab ko‘chat ekildi


Bugun, 16 mart kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida «Ikki juft ko‘chat tuhfasi» aksiyasi doirasida minglab yosh ko‘chatlar ekildi, navqiron daraxtlar parvarish qilindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Xususan, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Toshkenidagi Urush va mehnat faxriylarining pansionati hududlariga harbiy xizmatchilar hamda kursantlar tomonidan minglab yosh ko‘chatlar o‘tqazildi. Ular orasida manzarali va ko‘p yillik daraxtlar mavjud. Shuningdek, kun davomida daraxtlar butalandi, oqlandi, ariq va ko‘chalar xazondan tozalandi. Xususan, Sharqona yangi yilga katta tayyorgarlik ko‘rildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Aksiyada Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy okruglar, bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ma'lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan butun respublika bo‘ylab “Yashil xiyobon”lar tashkil etilgan. Unga ko‘ra, 2019 yil bahor mavsumida 150 mln.dan oshiq manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.