SamAuto tashkil topganiga 20 yil to‘ldi

Bundan yigirma yil avval, 1999-yil mart oyida Samarqand shahrida zamonaviy avtobuslar ishlab chiqarilib, Samarqand avtomobil zavodining tijoriy faoliyati boshlangan edi. Bu haqda  Zarnews xabar bermoqda.



Foto: Zarnews

Dastlabki yildayoq zavodda 2 rusumdagi avtobus, 3 rusumdagi yuk tashish avtomobillari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

2007-yilda zavodda Yaponiyaning Isuzu Motors kompaniyasi shassisi asosida mahsulotlar ishlab chiqarish boshlandi. Ayni paytda Samarqand avtomobil zavodida bir necha turdagi zamonaviy avtobus, yuk va maxsus atvomobillar tayyorlanmoqda. Eng muhimi, o‘tgan davrda samarqandlik avtomobilsozlar milliy mahsulot — LE60 past shassili shahar avtobusini yaratib, uni keng ko‘lamda ishlab chiqarmoqda.

Samarqand avtomobil zavodi tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan mazkur korxonada tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.