Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibida o‘zgarishlar yuz beradi

Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibida o‘zgarishlar yuz beradi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha:

quyidagi mazmundagi 1-1-band bilan to‘ldiriladi:

“1-1. Mazkur Yo‘riqnoma 6-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandning ikkinchi va o‘n birinchi xatboshilari hamda 88-bandda nazarda tutilgan hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini majburiy audio va video qayd etiladi.

Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini audio va video qayd etishda notarial harakat ishtirokchilari va notarius tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi va notarial harakat ishtirokchilari tomonidan ushbu notarial harakat ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash jarayoni to‘liq audio va video qayd etilishi lozim.

Audio va videoyozuv fayli notarial harakatga “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va maxsus qurilmalarda saqlanadi.

Audio va videoyozuvlar fayllari kalendar yil yakunida DVD disklarga yoziladi hamda davlat notarial idoraning temir javoni yoki seyflarida alohida paketlarda saqlanadi.

Maxsus qurilmada yoki DVD disklarda saqlanayotgan audio va videoyozuvlar fayllari notarius ishdan bo‘shaganda yoki boshqa ishga o‘tkazilganda yangi tayinlangan yoki vazifasi yuklatilgan notariusga dalolatnoma asosida topshiriladi.

Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini qayd etilgan audio va videoyozuvlar fayllari belgilangan tartibda notarial harakatlar yig‘ma jildlari bilan idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak.”.

4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Tizim” so‘zi bilan almashtiriladi.

9-bandda (Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi):

quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan berilgan hujjatlarda muhr bo‘lishi talab qilinmaydi.”;

beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

25-bandda (Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi):

uchinchi xatboshi (Bitimda yuridik shaxsning rahbari bevosita ishtirok etganda, bitimga yuridik shaxsning muhri ham qo‘yiladi) chiqarib tashlanadi;

to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.