Kumushxon Fayzullayeva jahon chempionatining eng yaxshi atleti deb topildi

Kumushxon Fayzullayeva jahon chempionatining eng yaxshi atleti deb topildi


AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa yakunlangach, turnirda alohida yo‘nalishlarda eng kuchli sportchilar ham aniqlab olindi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida 2 ta yo‘nalishda jahon rekordini o‘rnatgan Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg) musobaqaning eng yaxshi atleti, deb topildi. Sportchimizga ushbu sovrinni Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Tomash Ayan topshirdi.

Turnirda qizlar terma jamoamiz medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonliklar musobaqa davomida 7 ta oltin va 2 ta kumush medallarini o‘z hisoblariga yozdirib qo‘yishgan. Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Musobaqada ishtirok etgan delegatsiya 18 mart kuni Toshkentga qaytib keladi.


Bundan oldin, o‘zbek qizi og‘ir atletika bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgani xabar qilingandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.