KXLda O‘zbekiston klubi paydo bo‘ladi

KXLda O‘zbekiston klubi paydo bo‘ladi


Kontinental xokkey ligasida yangi ishtirokchi paydo bo‘lishi mumkin - O‘zbekiston klubi. Bu 2022 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin sodir bo‘ladi. Avvaliga, klub Yuqori xokkey ligasi (VXL)da debyut qiladi. Bu haqda KXL vitse-prezidenti Vitaliy Proxorov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Vesti.

«Hozircha bizda O‘zbekistonda VXL jamoasini tashkil etish rejalari bor, u kelasi mavsumdayoq ligaga qo‘shiladi, - deya Proxorovning so‘zlarini keltirgan Chempionat.com. - Klub tajriba orttirishi kerak, keyinchalik esa - Pekin Olimpiadasidan so‘ng, KXL tarkibiga kirishi mumkin».

Uning bildirishicha, KXLda rivojlanish strategiyasi mavjud va nazariy jihatdan Markaziy Osiyo divizionida «Kunlun», «Baris», Koreya, Yaponiya hamda Xitoy jamoalari, shuningdek, Uzoq Sharqdan klublar ishtirok etishi mumkin.

Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimiga Rossiya xokkeyi yulduzlariga kvartiralar taqdim etish haqida ko‘rsatma bergani xabar qilingandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.