O‘zbekiston va Qozog‘iston birgalikda 16 ming dona avtomobil ishlab chiqaradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston birgalikda 16 ming dona avtomobil ishlab chiqaradi


Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi doirasida GM Uzbekistan va «SariarkaAvtoProm» o‘rtasida ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

Shartnomani imzolash marosimida Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari J.Qosimbek va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari E.G‘aniyev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida avtomobil sanoati sohasidagi hamkorlik istiqbollari, investitsion hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy savdoni rag‘batlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida avtomobilsozlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Tomonlar 2019 yil oxiriga qadar, ham Qozog‘iston bozori, ham eksport bozorlari, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasida sotishga mo‘ljallangan 16 ming dona texnika ishlab chiqarishga kelishib oldilar.

Shuningdek, avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘shma korxona tashkil etish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, avtomobil tarkibiy qismlari bazasini rivojlantirish, yangi raqobatbardosh modellar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, ishlab chiqariluvchi mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

Bundan oldin, O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish 51 foizga oshgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.