«Monako» «Lill»ni mag‘lub etdi, «Borussiya M» yana ochko yo‘qotdi

«Monako» «Lill»ni mag‘lub etdi, «Borussiya M» yana ochko yo‘qotdi


Juma oqshomidan Yevropaning bir qator milliy birinchiliklarida navbatdagi tur o‘yinlariga start berildi.

Bundesligada 3-o‘rinda borayotgan «Borussiya M» bu turda ham ochko yo‘qotdi –menxengladbaxliklar o‘z maydonlarida «Frayburg»ni yenga olishmadi – 1:1. Prussiyaliklar oxirgi 6ta o‘yinda faqat bir marotaba g‘alaba qozonib, uchta o‘yinda yutqazishdi; ikkita bahsda 1:1 hisobini qayd etishdi. Jamoa kechagi durang hisobiga «Leypsig»ni bir ochkoga ortda qoldirib, 3-o‘rinda turibdi. «Frayburg» esa 11-pog‘onada bormoqda.

A Seriyada o‘rtamiyona pog‘onalardagi «Kalyari» va «Fiorentina» o‘rtasidagi bahs «Kalyari»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Mezbonlar hujumchisi Federiko Keza 88-daqiqada g‘alaba goli muallifi bo‘ldi.

La Ligada oxirgi uchta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmay kelayotgan klublar o‘rtasidagi «Real Sosedad»-«Levante» o‘yini durang bilan yakun topdi – 1:1. Natijada «Real Sosedad» 9-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Levante» 15-pog‘onada qoladigan bo‘ldi.

Fransiya birinchi divizionida ham navbatdagi turning ilk bahsi – «Nitssa» va «Tuluza» uchrashuvi 1:1 hisobi bilan tugadi. Kunning ikkinchi o‘yinida 2-o‘rindagi «Lill» «Monako»ga yutqazdi – 0:1. «Monako»ning yagona goli 90-daqiqada braziliyalik Karlos Vinisius tomonidan urildi. Bu o‘yin 22 yoshli markaziy hujumchi uchun asosiy tarkibdagi ilk o‘yini edi.

Ushbu natijadan so‘ng «Lill» va undan ikkita o‘yin kam o‘tkazgan «PSJ» o‘rtasidagi farq 17 ochkoligicha qoldi. «Monako» esa mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirib (7 o‘yin – 4 g‘alaba, 3 durang), 16-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Germaniya chempionati, 26-tur
Borussiya M – Frayburg 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 0:1 – 10 Grifo, 1:1 – 16 Plea.

Italiya chempionati, 28-tur
Kalyari – Fiorentina 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 52 Joao Pedro, 2:0 – 66 Cheppitelli, 2:1 – 88 Keza.

Ispaniya chempionati, 28-tur
Real Sosedad – Levante 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 26 Yanuzay, 1:1 – 79 Mayoral.

Fransiya chempionati, 29-tur
Nitssa – Tuluza 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 20 Sipren, 1:1 – 88 Mubele.

Lill – Monako 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Vinisius.

Rossiya chempionati, 20-tur
Anji – Krylya Sovetov 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 28 Kanunnikov, 0:2 – 88, penalti Sheydayev.
Chetlatish: Ivanchenko (90+3).

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.