FIFA klublararo jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirdi

FIFA klublararo jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirdi


15 mart kuni FIFA klublararo jahon chempionati ishtirokchilari sonini 24taga oshirish haqidagi qarorni qabul qildi.

Foto: AP

Yangi formatga ko‘ra, musobaqa har 4 yilda 1 marotaba, yozda o‘tkaziladi. Dastlabki turnir 2021 yilning 17 iyun – 4 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining so‘nggi 4 yildagi g‘oliblari, Janubiy Amerikadan 6ta klub, KONKAKAF, Afrika va Osiyodan 3tadan, Okeaniyadan esa 1ta klub ishtirok etadi. Klublar 3ta ishtirokchidan iborat 8ta guruhga ajratiladi. Ularning g‘oliblari chorakfinalga yo‘l olishadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi formatga ko‘ra, klublararo jahon chempionati har yili dekabr oyida o‘tkazib kelingan va unda 7ta klub ishtirok etgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.