Poroshenko Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni «uch qismli zarba» deb atadi

Poroshenko Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni «uch qismli zarba» deb atadi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kerch bo‘g‘ozidagi voqea tufayli Kanadaning Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalariga izoh berdi. Siyosatchi bu haqda feysbukdagi o‘z sahifasida yozgan.

Poroshenko Yevroittifoq, Kanada va AQShga Rossiya tomoniga nisbatan qo‘llanilgan sanksiya cheklovlari uchun minnatdorchilik bildirdi hamda shu tariqa transatlantik mamlakatlar Rossiya tomoniga «kuchli va uch qismli» zarba bergani haqida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda bu mamlakatlar va Ukraina o‘rtasidagi koalitsiya birdam hamda qat'iydir.

Bundan oldin, AQSh va Kanada Ukraina sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritgandi.

Kanada tashqi ishlar vazirligi Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalarining ushlanishi va Qrim sababli Rossiyaning 114 fuqarosi va 15 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Shuningdek, AQSh moliya vazirligi Ukrainadagi vaziyat sababli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni kengaytirgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.