Xorazmda tuman hokimi fermerlarni haqoratladi va ulardan biriga stul otdi. Jabrlanuvchining otasi esa hokimdan xafa emas

Xorazmda tuman hokimi fermerlarni haqoratladi va ulardan biriga stul otdi. Jabrlanuvchining otasi esa hokimdan xafa emas


Ijtimoiy tarmoqda Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimi Alisher Salayev yig‘ilish vaqtida fermerni urgani haqida xabarlar tarqaldi.

Gurlan tumani hokimi Alisher Salayev
Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Unga ko‘ra, tuman hokimi 11 mart kuni hokimlik zalida o‘tkazilgan majlisda 22 yoshli fermer Dilshod Do‘smetovni haqorat qilib, stul bilan boshiga urgani ma'lum qilingan.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, 12 nafar fermer zal sahnasiga chiqarilgan va Alisher Salayev tomonidan haqorat qilingan, bir fermer esa kaltaklangan. Xabarda keltirilishicha, tuman hokimi Alisher Salayev «Saxu diyori» fermer xo‘jaligi rahbari Shuhrat Do‘smetovning o‘rniga majlisga kelgan 22 yoshli o‘g‘li Dilshod Do‘smetovga kursini otgan, natijada kursi unga kelib tekkan va sinib ketgan.

Audioni tinglash (Tas-IX)

«chiqib ketgan»di.[/b]

Keyinroq prokuratura tomonidan unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasi (haqorat qilish, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish) bilan ma'muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan, u sud qarori bilan MJtK 41-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilib, eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarimaga tortilgandi. 2018 yilning bahorida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ushbu holat esga olinib, Rahmatullayev oxirgi marta ogohlantirish olgandi.


2017 yilning avgustida Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev yig‘ilish vaqtida o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilgan holda maktab direktorlarini kaltaklagandi. Voqea tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqda tarqalib ketgach, hokim uzr so‘ragandi. Ammo zo‘ravon hokimga nisbatan ish ochilgan, 2017 yilning dekabrida uning harakatlarida MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan haqorat qilish, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr qimmatini qasddan kamsitish va 183-moddasi nazarda tutilgan mayda bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish huquqbuzarligi alomatlari mavjud bo‘lgani sababli, unga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgandi. Hokim keyinchalik jarima to‘ladi va 2018 yilning yanvarida ishdan olindi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Shu yilning yanvarida esa Buxoro viloyati, Olot tumani hokimi Shavkat Salomov fermerlardan birini do‘pposlagan, fermerga tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri kelgandi. Keyinroq viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev hokim va fermerni yarashtirib qo‘ygan, Sherali Salomov fermerdan uzr so‘ragan, fermer uning uzrini qabul qilgandi. Mushtumzo‘r hokimga chora ko‘rilmagandi.

Xorazmdagi voqea yuqoridagi misollardan Buxorodagisiga yaqinroq. Buxorodagi voqeada ham jabrlanuvchi tomon da'vosi yo‘qligini bildirgan. Natijada, sitamgar jazolanmay qolgan.

Nazariy jihatdan Gurlan tumani hokimining harakatlariga qarshi ham ma'muriy, ham jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilishi mumkin.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 41-moddasiga binoan, haqorat qilgani, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgani uchun eng kam ish haqining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilangan.

Shuningdek, hokimning harakatlari jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi ham mumkin. Jumladan, hodisaning holatlaridan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining 205-moddasi («hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish») yoki 206-moddasi («hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish») bilan javobgarlikka tortilishi ham mumkin. Bunday holatda hokimga eng kam oylik ish haqining 150 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolari tayinlanishi ham mumkin.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Jinoyat-protsessual kodeksining 327-moddasiga binoan, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar asosida jinoyat ishini qo‘zg‘atishi mumkin. Buning uchun jabrlanuvchining arizasi talab etilmaydi.

Lekin ko‘p ehtimolki, Xorazmdagi voqea ham Buxorodagisi kabi natijasiz yakunlanadi va ish «bosdi-bosdi» bo‘lib, hokim suvdan quruq chiqadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.