2019 yil oxirigacha Toshkentning ko‘p qavatli uylaridagi eski liftlar yangilanadi

2019 yil oxirigacha Toshkentning ko‘p qavatli uylaridagi eski liftlar yangilanadi


Yil yakuniga qadar ko‘p qavatli uy-joylarda eskirgan liftlar yangilanadi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati.

Aholining turmush darajasini yaxshilash, ularga yanada qulayliklar yaratish davlat siyosati darajasidadir. Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi turar-joy obektlaridagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, joriy yilda ko‘p qavatli uy-joylarga zamonaviy liftlarni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi, deyiladi manbada.

Lift uskunalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan ko‘p qavatli uy-joy fondiga lift uskunalarini tarmoq jadvali asosida belgilangan muddatlarda yetkazib berish, bu ishlarni moliyalashtirish uchun Toshkent shahar mahalliy budjetidan 23 884,4 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, joriy yilning sentabr oyiga qadar Toshkent shahridagi 132 ta eskirgan lift “Tashaffus” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi zamonaviy liftlarga almashtiriladi.

Mazkur ishlarni amalga oshirish 1 aprel kunidan boshlanishi ko‘zda tutilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.