Jyeyms Bondning yangi mashinasi elektrokar bo‘ladi

Jyeyms Bondning yangi mashinasi elektrokar bo‘ladi


Britaniya razvedkasi josusi Jyeyms Bond haqidagi yangi “Shatterhand” nomli 25-filmda maxfiy agent elektrokarda harakatlanadi. Avvalgi qismlardagidek bu Aston Martin mashinasi, aniqrog‘i markaning ilk elektrokari Rapide E liftbegi bo‘ladi.

Film rejissyori Keri Fukunagining aytishicha, uning jamoasi avtomobilni suratga olish ishlari boshlangungacha vaqtida tayyorlash uchun Aston Martin bilan birgalikda ishlamoqda. Rejissyor elektrokarga katta umid bog‘lamoqda, chunki ssenariy bo‘yicha mashina “aqlbovar qilmas voqealar markazida” bo‘ladi.

Rapide E orqa g‘ildiraklarni aylantiruvchi ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Ularning umumiy quvvati 610 ot kuchini tashkil qiladi. 65 kilovatt-soatli batareya mashinaga qayta quvvatlashsiz 322 kilometr yo‘l bosishga imkon beradi, uni 100 kilovattlik terminaldan quvvatlashga 40 daqiqa ketadi. Mashina 97 km/soat tezlikka 4 soniyadan kamroq vaqt sarflaydi. Uning maksimal tezligi 250 km/soatni tashkil qiladi.

Elektr liftbek joriy yilning 4-choragidan mijozlarga yetkazib berila boshlanadi.

Bond haqidagi oxirgi “007: Spektr” filmida josus Aston Martin DB10 modelidagi mashinada harakatlangan. Bu konseptual kupe ataylab film uchun ishlab chiqilgan va 10 dona chiqarilgan. 2016 yilda ushbu avtomobillardan bittasi 2,4 mln funt sterlingga sotilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.