Uzbekistan Airways’ning yangi aerobusi ilk parvozni amalga oshirdi

Uzbekistan Airways’ning yangi aerobusi ilk parvozni amalga oshirdi


14 mart kuni Uzbekistan Airways’ning yangi samolyoti – Airbus A320neo ilk yo‘lovchi reysi parvozini Boku shahriga amalga oshirdi.

Uzbekistan Airways ma'lumotiga ko‘ra, Airbus A320neo navbatdagi parvozlarini Toshkent-Sankt-Peterburg va Toshkent-Moskva yo‘nalishlarida amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 11 mart kuni o‘z parkini Airbus A320neo (New Engine Option – yangi talqindagi dvigatelli) samolyoti bilan to‘ldirgandi. Airbus kompaniyasining A320 oilasiga tegishli ushbu rusumdagi samolyot Milliy aviakompaniya ixtiyoridagi boshqa samolyotlardan iqtisodiy jihatdan samaradorligi va Wi-Fi tizimi o‘rnatilgani bilan ajralib turadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.