Korxona raddiyasi: Xodimga ish vaqtida jarohat yetmagan

Korxona raddiyasi: Xodimga ish vaqtida jarohat yetmagan


Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan bir holat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat nizosi mavzuida. Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat nizolari tez-tez uchrab turadigan holat. Lekin bunday nizolar kamdan-kam hollarda OAVda yoritiladi.

Murojaat yuzasidan «Sizdan Telegram» kanalida «ISh JARAYoNIDA JAROHATLANDIM, AMMO AKFA GROUP QONUNIY SURIShTIRUVGA TO‘SQINLIK QILMOQDA» sarlavhasi bilan material tarqatildi.Maqolaga ko‘ra, “Vortex line” MChJ hisobchisi Sanjar G‘iyosov 2018 yil 8 iyulda tungi smenadagi ish payti ko‘ziga alyuminiy qipig‘i (strujka) kirib jarohat olgani, ushbu hodisa Toshkent shahri Shiroq ko‘chasi 100-uyda joylashgan alyumin profillari ishlab chiqaruvchi zavodda ro‘y berganligi haqida yozilgan. Zavod esa “AKFA Group” tasarrufida ekanligiga shama qilingan.

Mazkur holat yuzasidan “Vortex line” MChJ vakili, huquqshunos Sevara Ulug‘xo‘jayeva o‘z e'tirozlarini quyidagicha keltirdi:


«Bu xodim bizda haqiqatda ishlagan. O‘sha kuni korxonadan sog‘lig‘i yomonlashmagan holda chiqib ketgan. Buni kameralarda yozilgan videoyozuvlarda ham ko‘rish mumkin. Uyga borgach, 7 avgust soat 23larda ko‘zidan qon oqqan bo‘lgan. Onalari tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Tez yordam kelib G‘iyosovni klinikaga olib ketishgan. Ertasiga tez yordamdagilar ichki ishlar xodimlariga murojaat etgan. U tez yordam xodimlari so‘raganida, korxonada jarohat oldim deb aytgan.

“Vortex line” MChJ tomonidan aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan 17.07.1997 yilda tasdiqlangan 344- sonli buyrug‘ining salomatlikka yetkazilgan zararning og‘irligi darajasi to‘g‘risidagi sxemasiga asosan G‘iyosov yotgan shifoxonaga tibbiy xulosani berishi to‘g‘risida xat bilan murojaat qilingan.


Shifoxona bizga o‘z xulosasini berdi. Unga ko‘ra, bemor ko‘zida alyuminiy qipiqlar aniqlanmagan deyilgan hamda G‘iyosov olgan jarohat yengil turdagi deya hisoblangan.


Shifoxona salomatlikka yetkazilgan zararning og‘irligi darajasi to‘g‘risidagi sxemasiga asosan yetkazilgan zararning og‘irligi ishlab chikarishdagi og‘ir tan jaroxatlari turiga kirmaydi, va bemor ko‘zida alyuminiy qipiqlar aniqlanmagan deb xulosa bergan. Shuningdek, shifokorlar bergan xulosaga ko‘ra G‘iyosovning ko‘zlarida katarakta kasalligi mavjudligi aniqlangan.

Bemorga yetkazilgan zararning og‘irligi ishlab chikarishdagi og‘ir tan jaroxatlari turiga kirmaganligi tufayli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli Qarori bilan tasdiklangan «Ishlab chikarishdagi baxsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining boshka xil zararlanishini tekshirish va xisobga olish to‘g‘risida»gi Nizomning mazkur xodisaga tegishliligi bo‘yicha korxona tomonidan o‘rganib chikilib, ushbu baxsiz xodisaga tegishli xujjatlar Mexnat boshqarmasiga yuborilgan. Bunday turdagi jarohatlar uchun korxonaning o‘zida ichki komissiya tuzilib, ishlab chiqarishdagi baxsiz xodisa va salomatlikka boshqa xil zarar yetkazilishi to‘g‘risida N-1 shaklidagi dalolatnomasi tuziladi. Shu bois, biz aytib o‘tilgan Vazirlar Mahkamasining qaroriga rioya kilgan holda komissiya tuzdik. Komissiya dalolatnomasiga ko‘ra, olingan jarohat korxonada bo‘lmaganligi aniklangan.


Shunga qaramay, G‘iyosovni davolash maqsadida hususiy klinikaga ham olib borib tashxisdan o‘tkazganmiz. Tashxisda ham uning ko‘zida alyumin qipiqlar aniqlanmagan deb xulosa berilgan.

Bu davrda G‘iyosov tomonidan vaktinchalik mexnatga layoqatsizlik varakalari xisobxonaga (buxgalteriya) taqdim qilingan va ushbu varaqalar asosida xisobxona tomonidan G‘iyosovga to‘lovlar amalga oshirilgan. Bu bo‘yicha xujjatlarimiz ham yetarli.

Shunga qaramay, har bir inson uz xuquqlarini himoya kilish maksadida sudga murojaat qilish huquqiga ega. G‘iyosov ushbu holat yuzasidan sudga murojaat etishi mumkin», deydi korxona yuristi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida korxona vakillari taraflar o‘rtasida uchrashuv tashkil etish tashabbusini ham bildirishdi. Agar G‘iyosov rozilik bersa, uchrashuv ham tashkil etilsa ajab emas.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.