Bojxonachilar “metall chiqindilari” operatsiyasini fosh etishdi

Bojxonachilar “metall chiqindilari” operatsiyasini fosh etishdi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari yirik miqdorda metall mahsulotlarini mamlakatimizga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yishdi.

Poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan biri tomonidan bojxonachilarga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarida metall chiqindilari olib kelinayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, ammo vagonlardagi yuklar inspeksion ko‘rik majmuasi orqali bojxona nazoratidan o‘tkazilganda tayyor metall mahsulotlari borligi fosh etildi.

Ushbu 4 turdagi tayyor metall mahsulotlarining umumiy qiymati 1 milliard so‘mga teng bo‘lib, og‘irligi salkam 123 tonnani tashkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.