Aziz vatandoshlar! Yana bir saxovat ko‘rsatsak Abdullohga zarur mablag‘ yig‘iladi

Aziz vatandoshlar! Yana bir saxovat ko‘rsatsak Abdullohga zarur mablag‘ yig‘iladi


Xabaringiz bor, Kun.uz tahririyati muntazam tarzda ko‘makka muhtoj bemorlar uchun xayriya aksiyalarini o‘tkazib kelmoqda. 2006 yil Toshkent shahri Olmazor tumanida tug‘ilgan Abdulloh Abdullayevga shifokorlar tomonidan oqqon tashxisi qo‘yilgan. Beg‘ubor bolalikning eng shirin damlarini Abdulloh og‘ir dard bilan o‘tkazmoqda. U oqqon xastaligiga chalinganligidan o‘zi bexabar. Abdullohning xayriya aksiyasi bir necha bor saytimiz orqali e'lon qilindi. Abdulloh ilik ko‘chirish operatsiyasini o‘tkazish uchun yaqin orada Rossiyaga jo‘nab ketmoqchi. Bu jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga 100 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ zarur. Ota-onasi ham bor-budini sotib bo‘lgan. Quvonarlisi shuki, sahovatli va mehribon xalqimiz tashabbusi va ko‘magi bilan 90 ming AQSh dollari yig‘ildi. Yana 10 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ yetmayapti.

Video: Mover (tas-ix)


Video: Youtube

Azizlar va sahovatpesha yurtdoshlar! Yana bir g‘ayrat qilsak, kerakli mablag‘ yig‘ilsa bir oilaning quvonchiga sababchi bo‘lamiz. Abdullohning sog‘ayib ketishida Alloh sizlarni sababchi qilsin. Abdullohning oilasi sahovat qilgan, yordam qo‘lini cho‘zgan insonlar uchun doim duoda bo‘lishini ta'kidlab o‘tishdi. Ularning yaxshilardan umidi katta. Alloh qilgan hayr-ehsonlaringizni ajr va savobini ko‘paytirib bersin.

Telefon: +99890 134 32 61 – Sevara Abdullayeva (onasi)

AGROBANK Toshkent shahar filiali

Click/PayMe: 8600 0417 7527 0532– Sayfulla Abdullayev (otasi)

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Rahmatilla Isroilov tayyorladi

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.