AQSh: Tanzila Norboyeva UNFPA ijrochi direktori bilan uchrashdi

AQSh: Tanzila Norboyeva UNFPA ijrochi direktori bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida BMT Xotin-qizlar Komissiyasining 63-sessiyasida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Tanzila Narbayevaning respublikamizda 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari uchun amalga oshirilayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglik hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida olib borayotgan davlat siyosati yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Sessiya ishtirokchilari O‘zbekistonda besh yillik harakatlar strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligi, unda ayollarning huquq va imkoniyatlari hamda ijtimoiy himoyasiga alohida e'tibor qaratilganiga oid ma'lumotlar berildi.

Nazvaniye

Delegatsiya tomonidan O‘zbekistonning 2030 yilgi kun tartibiga va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq gender tenglikni ta'minlash, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qat'iy tarafdor ekanligi alohida qayd etildi.

Tadbir doirasida Tanzila Norboyeva BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Natali Kanem bilan uchrashdi. Unda mazkur tashkilot doirasida hamkorlikning bugungi holati va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Nazvaniye

UNFPA Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlaridan biri bo‘lib, u aholishunoslik sohasida a'zo davlatlarga yordam beradi, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya, gender tenglik va barqaror rivojlanish ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun demografik siyosatni takomillashtirishga ko‘mak beradi. Xususan, ikki tomonlama uchrashuv davomida Jamg‘arma rahbariyati O‘zbekistonda ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish sohasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat, shuningdek, mamlakatda ayollarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga doir so‘nggi me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi.

UNFPA ijrochi direktori mamnuniyat bilan so‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish, xotin-qizlarni rag‘batlantirish, gender tengligi va reproduktiv salomatlik sohasida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilganligini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning barcha darajalarida va ijtimoiy hayotda ayollarning ijtimoiy faolligi oshib bormoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi davom etmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.