Forbes sayyoraning eng badavlat insonlari yashaydigan 10 ta shahar nomini e’lon qildi

Forbes talqiniga ko‘ra 2019-yilda dunyodagi eng boy odamlar reytingiga 2153 kishi kiritildi. Shu bilan birga, ularning 551 nafari dunyodagi 1860 ta shahardan faqatgina o‘ntasida istiqomat qiladi, deb yozadi Spot Forbes nashriga asoslanib.



Foto: The Independent

Ushbu nisbatan kichik ro‘yxatdan joy olgan shaharlarda yashaydigan milliarderlarning umumiy boyligi 2,3 trillion dollarga teng. Dunyoda faqat yetti mamlakat ushbu miqdordan ortiq bo‘lgan YAIM bilan maqtana oladi.

Eng ko‘p milliarderlar yashaydigan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Nyu-York egalladi. AQShning eng yirik shahrida 84 milliarder istiqomat qiladi, ularning umumiy boyligi 469,7 milliard dollar bo‘lib, bu Avstriya YAIMdan ko‘pdir.

So‘nggi besh yil davomida dunyodagi eng yirik ikkita birja joylashgan shahar, 2015-yilda Moskvani istiqomat qiluvchi milliarderlar soni bo‘yicha ortda qoldirgach, reytingni boshqarib kelmoqda. 2016-yildan buyon Moskva 71 milliarder bilan reytingning uchinchi o‘rnidan joy olib kelyapti, ikkinchi - Gonkong (79 milliarder).

Umuman olganda, top-10 quyidagicha ko‘rinishga ega:



Shahar



Milliarderlar soni



Umumiy boylik



Shahardagi eng boy odam



Nyu-York, AQSh



84



$469,7 milliard



Mayk Blumberg, Bloomberg LP



Gonkong, Xitoy



79



$355,5 milliard



Li Kashin, Cheung Kong Group



Moskva, Rossiya



71



$336,5 milliard



Leonid Mixelson, “Novatek”



Pekin, Xitoy



61



$193,3 milliard



Van Szyanlin, Dalian Wanda Group



London, Buyuk Britaniya



55



$226 milliard



Mixail Fridman, “Alfa-Grupp”



Shanxay, Xitoy



45



$110,7 milliard



Kolin Xuan, Pinduoduo



San-Fransisko,AQSH



42



$109,2 milliard



Dastin Moskovis, Facebook



Shenchjen, Xitoy



39



$190,5 milliard



Ma Xuaten, Tencent



Seul, JanubiyKoreya



38



$99,9 milliard



Li Kun-Xi, Samsung



Bombey, Hindiston



37



$184,4 milliard



Mukesh Ambani, Reliance Industries
loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.