Yunusoboddagi maktab sport zalining kiyim almashtirish xonalarida kuzatuv kameralari o‘rnatilgani aniqlandi

Yunusoboddagi maktab sport zalining kiyim almashtirish xonalarida kuzatuv kameralari o‘rnatilgani aniqlandi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya kiyim almashtirish xonasida kuzatuv kameralari o‘rnatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, xalq ta'limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati 2019 yilning 7 mart kuni mazkur holatni o‘rganib chiqishi natijasida 5-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi sport zalining o‘g‘il va qiz bolalar kiyim almashtirish xonalarida kuzatuv kameralari o‘rnatilgani aniqlandi.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, kiyim almashtirish xonalaridagi kameralar demontaj etilgan.

Xabarda qayd etilishicha, bu kabi holatlarning oldini olish borasida barcha maktab rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.