Internetda Rossiyaning ko‘zni qamashtiruvchi quroli sinovi videosi e'lon qilindi  

Internetda Rossiyaning ko‘zni qamashtiruvchi quroli sinovi videosi e'lon qilindi  


“Zvezda” telekanali 10 mart kuni Rossiyaning vizual-optik xalaqitlar stansiyasi “Filin”ning sinovlari qayd qilingan videoni e'lon qildi.

Ta'kidlanishicha, qurol tungi vaqt 5 kmgacha masofada joylashgan nishonga olgich, masofa o‘lchagichlar, tanklarga qarshi boshqariluvchi raketalarni mo‘ljalga to‘g‘rilash va tungi ko‘rish asboblarini bartaraf eta oladi.

“Filin” stansiyasining ishlashi yorug‘lik nurlanishi yorqinligini o‘lchashga asoslangan. Yorqinlikning past chastotali tebranishlari ko‘rish asablarini qo‘zg‘atishi hisobiga ko‘rish a'zolarining vaqtinchalik izdan chiqishiga olib keladi va dushman askarida gallyutsinatsiyalar keltirib chiqaradi.

3 fevralda “Filin” bilan Rossiya harbiy-dengiz flotining kemalarini jihozlash boshlangani ma'lum qilingan. 10 mart kuni esa The Times nashri yangi qurol bilan qurollangan “Admiral Gorshkov” harbiy kemasi Shotlandiyagi harbiy-havo kuchlarining yagona bazasi yaqinidan o‘tib, Britaniya harbiy-dengiz kuchlarini sarosimaga solganini yozgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.